Boshlang’ich sinflarda didaktik o’yinlarning ahamiyati.

Published by admin on

Ma’lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo’ygan bolaning faoliyatida o’yin asosiy o’rinni egallaydi. O’yin ularning eng sevimli mashg’uloti bo’lib, ular har qanday mashg’ulotni o’yin bilan uyg’unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o’qituvchi o’quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg’uloti – o’yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

O’yin – bola hayotining uzviy qismidir. O’yin orqali bola atrof – muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o’simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.

Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega.

Matematika  darslarida  didaktik  o’yinlardan  foydalanish  o’quvchilar  zehnini  o’stirish, tez  hisoblash  ko’nikmalarini  oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega.

Didaktik o’yinlar jarayonida o’quvchilar o’yin qoidalariga qat’iy rioya qilishga o’rganadilar, inoqlik his – tuyg’ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.

Ta’lim jarayonida didaktik o’yinlar o’quvchilarning xususiyatiga ko’ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko’rgazmalilikni ta’minlashga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.

Yuklab olish.


Fikr bildirish