Obunaga oʻquvchilarni majburlab zoʻravonlik orqali pul yiqqan oʻqituvchi lavozimidan ozod etildi (XTV)

Published by admin on

Fargʻona viloyati Buvayda tumani 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi oʻquvchilarni haqoratlagani, kamsitgani va kaltaklagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Mahalliy OAV vakillari Buvayda tumani 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabida sinf rahbarlari va fan oʻqituvchilari tomonidan turli maqsadlarga pul yigʻilgani, pul bermagan oʻquvchilarni haqoratlash, kaltaklashlar toʻgʻrisida maʼlumotlar chop etilgan edi.

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati chop etilgan materiallar yuzasidan tekshiruv oʻtkazdi.

Tekshirish natijasida 2018 yilning 16 noyabr kuni maktabning 7-V sinf rahbari R. M. shu sinfda maʼnaviyat soati oʻtish jarayonida ikki oʻquvchilarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani, yaʼni obunaga pul bermaganliklari uchun sinf oʻquvchilari oldida haqoratlab, kamsitgan va kaltaklaganligi aniqlandi.

Fargʻona Xalq taʼlimi boshqarma boshligʻining buyrugʻiga asosan, oʻqituvchi R.M. va Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari X.A. egallab turgan lavozimlaridan ozod etdilar.

Maktab direktori R.A.ga esa intizomiy chora koʻrildi.

Fargʻona Xalq taʼlimi boshqarmasi mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda oʻquv muassasasini koʻmir yoki koʻmir briketi bilar taʼminlash uchun kerakli choralar koʻrmoqda.

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi zoʻravonlikning barcha koʻrinishlarini qoralaydi hamda oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ularning ota-onalarini bosiqlikka va oʻzaro kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan hal etishga chaqiradi.

Xalq taʼlimi vazirligi maktab xodimlarini ota-onalardan turli maqsadlar uchun noqonuniy mablagʻlar yigʻish amaliyotini toʻxtatishni soʻraydi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

Categories: Yangiliklar

Fikr bildirish