Sinf o’quvchilari bilan axborot resurs markazida uchrashuv o’tkazildi.

Published by admin on

Sinfimiz o’quvchilari bilan birgalikda 12 dekabr kuni maktabimiz axborot resurs markazida «Ertaklar yaxshilikka yetaklar» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari  D. Jumanazarova, ARM rahbari N. Sharipova va sinf o’quvchilari ishtirok qildi.

Davra suhbatini MMIDO’  D.Jumanazarova ochib berdi va o’quvchilarga o’zining samimiy tilaklarini tilab, xalq ertaklarini sidqi-dildan mutolaa qilishlari va sevib o’qishlarini tiladi.

Shundan so’ng o’quvchilarga kutubxonaning fondidan «Ertaklar yaxshilikka yetaklar» bo’limidagi – o’zbek, rus, xitoy va yevropa xalq ertaklariga oid kitoblar bilan tanishtirildi. Bu orqali o’quvchilarni kitobga bo’lgan qiziqishlari, vatanparavarlik ruhida tarbiyalash va oz’ ona yurtiga hurmat bilan muomila qilish kabi eng asosiy tushunchalar yetkazildi.

O’quvchila o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

 

Categories: Yangiliklar

Fikr bildirish