«Yilning eng faol sinf rahbari» respublika ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Published by admin on

Kuni kecha Shovot tumani 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Yilning eng faol sinf rahbari”  respublika ko’rik-tanlovi tuman bosqichi o’tkazildi. Tanlovda hudud bosqichida yuqori natijalar qayd etgan sinf rahbarlari ishtirok qildi. 

Tanlov 4 shart asosida o’tkazildi va hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan holisona baholandi. 4 shart natijasiga asosan Shovot tumani 48-son umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Jumamuratova Go’zal yuqori natijalarga erishib viloyat bosqichiga yo’llanma oldi.

Categories: Yangiliklar

Fikr bildirish