Bobolarimiz merosi (Navoiy va Bobur)

Published by admin on

Kuni kecha sinfimizda «Bobolarimiz merosi (Navoiy va Bobur)» mavzusida ochiq tarbiyaviy mashg’ulot o’tkazildi.

Tadbirda maktabimiz direktor v.b. Dilorom Djumanazarovna hamda pedagogik jamoa tashrif buyurdi.

Buyuk ajdodlarimiz mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhamad Bobur qoldirgan buyuk meros mana necha asrlardan beri ilm va adabiyot ahli tomonidan o’rganilib kelinmoqda.
Bu ikki buyuk inson o’zining ibratli hayoti, buyuk ijodiy merosi bilan o’zbek adabiyotida va Vatanimiz tarixida muhim o’rin egallaydi. Ularning nomini eshitmagan, asarlari va ijodidan to’lqinlanmagan insonni topish mushkul. 
O’zbek halqining ikkita buyuk shoiri Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijod yo’li bilan o’quvchi yoshlarni chuqur tanishtirish, ular qalbida milliy qadriyatlarimiz, tarixiy va adabiy boyliklarimiz, buyuk ajdodlarimizga nisbatan mehr-muhabbat va hurmat tuyg`usini yanada yuksaltirish maqsadida maktabimizda turli tadbirlar o`tkazilmoqda.

Bizning sinfimizda ham huddi shunday tadbir tashkil qilindi. Sinfimiz o’quvchilari o’zlari tayyorlagan sahna ko’rinishlari va sheriy chiqishlari bilan tomoshabinlarda yaxshi taasurot qoldirishdi.

Categories: Yangiliklar