Hayotimiz guli,oftobi – ayol.

Published by admin on

Kuni kecha maktabimizda barcha jamoamiz a’zolari ishtirokida 8-mart «Xalqaro xotin qizlar» kuni munosabati bilan bayram kechasi bo’lib o’tdi.

Bayramni maktabimiz direktori M.Ro’zmetov ochib berdi va maktab xotin-qizlarini bayram bilan samimiy qutladi.

Shundan so’ng maktabimiz o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari-yu, kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Bayramona tashkil qilingan kechamiz barcha jamoa a’zolariga yuqori kayfiyat ulashdi.


Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol.
Bo’ling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.


 

Maktab va sinflarda bayram kechasini o’tkazish bo’yicha tadbir senariysi

Yuklab olish Yuklab olish