Tezis haqida ma’lumot

Published by Go`zal Pinyozova on

Bugungi kunda pandemiya sababli maktablar vaqtincha yopilib, online maktab tashkil etilib televideniya orqali va ijtimoiy tarmoqlar orqali masofaviy ta’lim darslari olib borilmoqda.                                                        Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov ishtirokida bo’lib o’tgan brifingda karantin vaqtida direktor o’rinbosarlari o’qituvchilardan dars ishlanmalarini so’rashi haqidagi savolga shunday javob bergan:

-«To’rtinchi chorakda o’qituvchilar videodarslar asosida o’z faoliyatini yuritadi. O’qituvchilardan dars ishlanmalari talab qilinmaydi.Shu bilan birga, o’qituvchilar o’z fani bo’yicha vaqtincha jurnal va o’tilgan videodarslar mavzusi, unda berilgan asosiy bilimlarning tezisi hamda uyga berilgan vazifalarni qayd etish daftarini yuritishi kerak».

TЕZIS– bu yunoncha so’z bo’lib, isbot, qoida degan ma’nolarni anglatadi.Tezis biron bir ilmiy asar, maqola, ma’ruzaning asosiy g’oyasini qisqa va lo’nda bayon qilinishiga aytiladi.Bugungi kunda bu atama o’qituvchilar orasida ham keng tarqalmoqda?Pedagoglar orasida Tezis nima?U qanday yoziladi? kabi savollar ko’paygan.Tezisda o’qituvchilar tomonidan kundalik yoziladigan dars ishlanmasidan farqli ravishda mavzuga oid darsning qisqacha mazmuni aks ettiriladi.

Categories: Yangiliklar