Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

Navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan pedagoglar malaka toifasidan tushirilmaydi

Namangan viloyati Chortoq tumani 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabining  I malaka toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Yulchiyeva Miyassar Ne'matjonovna bu yil navbatdan tashqari (muddatidan ilgari ) attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagani sabab Pedagog kadrlar attestasiyasi boʻlimi tomonidan berilgan hududiy ro‘yxatda test natijasiga ko‘ra   II malaka toifasiga tavsiya etilganidan norozilik murojaatiga ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi o‘z  munosabatini  bildirildi.

Bunday noroziliklar deyarli, barcha viloyat hududlarida  navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarda kuzatilayotgan va  ularni bu holat ortiqcha xavotirga solib qo‘yayotda edi. 

Pedagog kadrlar attestasiyasi boʻlimi telegram kanali orqali  taʼlim muassasalarining oliy va birinchi malaka toifalari hamda bosh va yetakchi oʼqituvchi lavozimlariga navbatdan tashqari  talabgor pedagoglarning  oʼquv fanlaridan oʼtkazilgan malaka (test) sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan pedagoglarning natijalariga koʼra II malaka toifasiga tavsiya etilgan roʼyxat qayta ko’rib chiqilishi ya’ni , har bir roʼyxatning eng oxirgi varag‘ida “Bu tavsiyalar faqatgina malaka (test) sinovlari natijalari asosida tayyorlangan boʼlib, attestatsiya komissiyalari tomonidan malaka toifasini berish jarayonida oʼzgartirilishi mumkin. Jumladan, pedagogning amaldagi malaka toifasi notoʼgʼri koʼrsatilgan boʼlsa, yoki Oliy, birinchi yoki ikkinchi malaka toifali oʼqituvchilar uchun bu navbatdan tashqari (muddatidan ilgari) attestatsiya boʼlsa va h.k.z” mazmunidagi  ESLАTMА ga e’tibor qaratishlari so‘ralgan

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, test natijasiga ko‘ra  malaka toifasi bir pog‘ona pasaytirilishiga tavsiya etilgan pedagoglar ushbu eslatma bilan yaxshilab tanishib olishlari va ortiqcha  xavotirga tushmasliklarini ma’lum qilamiz.120  varaqdan ortiq bo‘lgan ushbu ro‘yxatda o‘qituvchi faqat o‘ziga tegishli ma’lumotni izlab tanishishi uning  oxirgi varag‘idagi eslatmaga ko‘zi tushmasligi mumkin.Lekin ayrim joylarda maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha  direktor o‘rinbosarlari ro‘yxatni oxirigacha sinchklab o‘qib, eslatma bilan tanishtirishi ,o‘qituvchilarning ortiqcha havotirga tushishining oldini olish o‘rniga “balki, bu yil nizom  o‘zgargandir” deya ular ko‘ngliga battar g‘ulg‘ula solib,eslatmadan behabar o‘qituvchining  xavotirini  yanada kuchaytiryotgan holatlar  ham uchramoqda ekan.

 Yuqoridagi holatlarning  yuzaga kelishi  bo‘yicha pedagog kadrlar attestasiyasi boʻlimi pedagoglardan oʼz uzrini soʼragan holda , navbatdan tashqari (muddatidan ilgari) attestatsiyada qatnashgan pedagoglar uchun attestatsiya komissiyalari tomonidan salbiy qarorlar chiqarilmasligini, tavsiyalarning shoshilinch eʼlon qilinishidan maqsad oʼqituvchilarni tezroq natijalaridan xabardor qilish (ayniqsa, test savollari boʼyicha eʼtirozlar bilan murojaat qilgan pedagoglarni) hamda “test natijalari yuborilgani yoʼq” - deb malaka toifasini berish toʼgʼrisida komissiyalar yigʼilishlarini oʼz vaqtida oʼtkazmayotgan attestatsiya komissiyalarini hushyorlikka chaqirish ekanligini ta’kidlashgan.

Ulashish: