Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

"Ona tilim - iftixorim" onlayn tanlovi g'oliblari taqdirlandi

Shu yilning 16-noyabr kuni Xorazm viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish hududiy markazi  o’quv zalida 21-oktabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan o‘tkazilgan "Ona tilim - iftixorim" tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritgan 1-o’rin Matyoqubova Xosiyat Matnazarovna, 2-o’rin Qo'ziyeva Fazila Davletovna, Rajabova Yulduz Baxtiyorovna, Rajabova Qizlargul Baxtiyorovna hamda  3-o’rin Baytemirova Ma'mura Azatovna, Xalillayeva Mehribon Alimboy qizi, Sultanova Xolida O'rinboyevna, Payzullayeva Ra'no Mahmudovna, Abdirimova Navro'za Rahmat qizi, Eshchonova Bibirajab Bekchanovna, Matlatipova Gulasal Baxrom qizi, Rajabova Chamangul Baxtiyorovna, Alisherova Anjela Uteubayevnalar  muallima.uz sayti rahbari Go’zal Pinyozova va "Tillarni o'qitish metodikalari" kafedrasi mudiri F.F.N. Nasiba Sabirova tomonidan bayram tilaklarini bildirgan holda diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

 

 

Tanlovda qatnashgan boshqa viloyat g'olib ishtirokchilariga  diplom va sovg'alari pochta orqali yuborildi.Tanlov ishtirokchilari  o'tkazilayotgan tanlovlar haqida iliq fikrlar bildirishdi.Kelgusida yana shunday tadbirlarni ko'proq tashkillashtirish haqida tavsiya berishdi.

 

Ulashish: