Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

Bugun "Huquq bilimdonlari" tanlovining g'oliblari taqdirlandi

Bugun 30-dekabr kuni Xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining  axborot resurs markazida "Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligi” munosabati bilan o‘tkazilgan "Huquq bilimdonlari” onlayn tanlovi g‘oliblari muallima.uz sayti rahbari Go‘zal Bobonazarovna  va  Xorazm viloyati XTXQTMOHM Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, huquq fani o‘qituvchisi Masharipov Sirojbek tomonidan bayram tilaklari bildirilgan holda diplom  hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallagan Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 14-son maktabning huquqshunoslik asoslari fani oʻqituvchisi Polvonov Murodjonga “Cho‘ntak proyektori,”Ma’rifat” gazetasiga bir yillik obuna to‘lovi, diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tanlovda 3-o‘rinni egallagan Xorazm viloyati Yangiariq tuman 22-son ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Masharipova Farida “Ma’rifat” gazetasi bir yillik obuna to‘lovi ,diplom ,N.Erkaboyeva “Testlar to‘plami” hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tanlovda faxrli 2-o‘rinni egallagan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 4-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Fayziyeva Gulnoza Inomovnaga “Ma’rifat” gazetasi va “Boshlang‘ich ta’lim” jurnaliga bir yillik obuna to‘lovi ,diplom hamda “Bayoz “ nashriyotining kitoblari to‘plami, esdalik sovg‘alar “Fargo” pochta xizmati orqali yetkazib beriladi.

 

Ulashish: