Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

2021-yilda o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasi rejasi

 Yanvar

 Vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar asosida Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlari attestasiyasini o‘tkazish jadvali ishlab chiqilib, Ta'lim inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlandi.

Fevral

 Attestasiyaga jalb qilingan pedagog to‘g‘risidagi ma'lumotlar Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining  http://pka.tdi.uz/ -ma'lumotlar elektron bazasiga kiritiladi.

 Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

 Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 10 fevraldan boshlab  onlayn-repetisiyalar tashkil etiladi. 

 Mart

 Ta'lim sifatini nazorat qilish Ta'lim inspeksiyasi tomonidan o‘quv fani bo‘yicha malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi.

 Mart-aprel-may

 Ekspert guruhlari tomonidan pedagoglarning dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligini o‘rganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi.

 May 

 Attestasiya komissiyalari tomonidan  ekspert guruhlari tayyorlagan tavsiyalar o‘raganib chiqiladi hamda Nizom   va baholash mezonlari  asosida pedagoglarga malaka toifalarini berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi.

 Iyun

Tegishli boshqaruv organlari tomonidan “Pedagog kadrning attestasiyadan o‘tganligi to‘g‘risida" sertifikatlar olish uchun Ta'lim inspeksiyasiga buyurtmalar taqdim etiladi.

Iyul 

 Attestasiya natijalariga ko‘ra Oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagoglarga sertifikatlar rasmiylashtirilib, tarqatish uchun hududiy mas'ullarga taqdim etiladi.

Onlayn repetisiyalar fanlar kesimida qachon o‘tkazilishi bo‘yicha Ta'lim inspeksiyasining rasmiy telegram kanali (@uztdi) orqali xabar berib boriladi.                                                      Manba: tdi.uz                                                                                     

Ulashish: