Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

2021-yil uchun pedagoglar kadrlar attestatsiyasi malaka test sinovlari boshlandi

 

Bugun 9-mart kuni 2021-yil uchun pedagoglar attestatsiyasi malaka (test) sinovlarini Toshkent shahridagi oliy va birinchi malaka toifali hamda mazkur malaka toifalariga talabgor  pedagoglar boshlab berishdi.

Barcha shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan xonada o‘tkazilgan jarayonlarda 700 nafarga yaqin o‘zbek tili, ona tili va adabiyot, rus tili, rus tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Qayd etish lozim, ertaga 10-mart kuni o‘tkaziladigan sinov jarayonlarida kimyo, geografiya va iqtisodiyot, biologiya, fizika fani o‘qituvchilari qatnashadi.

Manba: tdi.uz

Ulashish: