Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 89 yoshida vafot etdi.

Xudoyberdi To‘xtaboev 1932-yil 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Katta Tag‘ob tumanida tug‘ilgan. 1949-yil Qo‘qon davlat pedagogika institutini, 1955-yilda Toshkent Davlat Universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini) tamomlaydi.

Ijodiy faoliyatini Farg‘ona viloyatidagi maktabda dars berishdan boshlagan, keyinroq o‘quv ishlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida ishlaydi.

1958-yildan Xudoyberdi To‘xtaboev keyingi 14 yil mobaynida «Toshkent oqshomi», «Sovet O‘zbekistoni» gazetalarida 300 dan ortiq feletonlarini chop etadi. Shuningdek, «Guliston», «Sharq yulduzi», «Gulxan», «G‘uncha», «Yosh kuch» jurnallarida, «Yosh gvardiya» va «Kamalak» bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etadi.

Bolalarning sevimli yozuvchisi tomonidan  «Sehrli qalpoqcha» (Bu asarda voqealar qahramon tilidan bayon etilgan), «Sariq devni minib» (1968, jami 24 tilga tarjima qilingan), «Sariq devning o‘limi» (1973), «Besh bolali yigitcha» (1976), «Qasoskorning oltin boshi» (1981), «Yillar va yo‘llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki Shirin qovunlar mamlakatida» (1986), «Mungli ko‘zlar», «Sir ochildi» (1964), «Omonboy va Davronboy sarguzashti», «Jannati odamlar» (1996), «Shoshqaloq», «So‘qmoqlar» va boshqa asarlari qoldi.

Ulashish: