Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

Muallima.uz saytidagi onlayn test orqali bilimini sinovdan oʻtkazgan tarix fani oʻqituvchisi attestatsiyada 100 ball toʻpladi.

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining tarix fani o‘qituvchisi Allamova Nazokat Ozodovna 2021-yil 8-aprel kuni boʻlib oʻtgan attestatsiya malaka  test sinovi topshiriqlaridan jami 40 savolning barchasini  toʻgʻri bajarib 100 ball toʻplab, muddatidan oldin oliy toifaga ega boʻldi.

Muallima.uz saytida namunaviy testlarni yechib bilimini mustahkamlab borgan ushbu foydalanuvchining bizga yoʻllagan habarini boshqalarga ham ulashishni lozim topdik.

Assalomu alaykum aziz muallima .uz sayti hodimlari!

Sizlarga oʻz minnatdorchiligimni izhor qilmoqchi edim. Sababi men sayt  orqali berib borilayotgan testlarni yechib bilimimni mustahkamlab bordim va 8-aprelda bo‘lib o‘tgan attestasiya sinovida 100 ballni qo‘lga kiritdim.

Bunday yutuqqa erishishimda sizlarning ham hissangiz boʻlganiga aminman.

Sizlarga KATTA RAHMAT!!! Biz ustozlarning  oʻz ustida ishlashi va bilimlarini mustahkamlashiga katta hissa qoʻshmoqdasizlar. Tashakkur sizga  aziz kanal rahbariyati va a'zolari!

 

    Ushbu faxriy  ustozimiz ta’lim sohasiga qoʻshgan hissasi hamda samarali mehnatlari uchun 2020-yil 1-oktabrda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Sayt orqali berilayotgan namunaviy sinov testlarida doimiy bilimini  mustahkamlab attestatsiya malaka testida yuqori ball bilan toifa oshirgan ushbu  foydalanuvchiga sayt tomonidan esdalik sovgʻa topshiriladi. Muqaddas ramozon oyida ushbu kitoblar toʻplamining bittasini  hadya qilamiz. Ushbu kitoblar to'plamidan biri Allamova Nazokat Ozodovna nasib qildi. Hadyani biz bilan bog'langan holda  Xorazm malaka oshirish instituti binosiga kelib olib ketishi mumkin. 

Yana bitta kitoblar to'plami foydalanuvchilarni kutmoqda!

 

Ulashish: