Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilarning maoshi oshirildi

O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori qabul qilindi.

✅Qarorga asosan, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilarning ish haqlarini hisoblashning yangi metodikasi joriy etildi.

✅Natijada, umumta'lim muassasalarida o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilarga endilikda amaldagi oylik ish haqi miqdorlarini 40 foizgacha oshirilgan holda to‘lash imkoniyati yaratildi.

✅Bundan tashqari, mazkur o‘qituvchilarga o‘quvchilar ta'tilda bo‘lgan davrda ham ish haqi to‘lab berilishi hamda yillik mehnat ta'tili pullari to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Ulashish: