Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

Maktablarda biznesga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning “Ta’lim maskanlarida biznesga o‘qitish va moliyaviy savodxonlikni oshirishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘quvchi yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish va ularning sohalar bo‘yicha tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

o‘quvchi yoshlarni maktab davridan boshlab moliyaviy savodxonligini oshirish, ularda biznes yuritish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirib borish;
o‘quvchi yoshlarning tajribali hamda el-yurt taniydigan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini joriy qilish, shuningdek ularning tajribasini
va bosib o‘tgan yo‘llarini targ‘ib qilish;
yetuk tadbirkorlar tomonidan yosh avlodga o‘z ko‘nikma va tajribalari bilan o‘rtoqlashib borish, zamonaviy fikrlovchi ishbilarmonlar avlodni o‘stirib borish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan darslarni yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik maktablarini tashkil etishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ushbu sohada keng rag‘batlantirilishi ta’minlash;
tadbirkorlik va biznes boshqaruvi sohasida “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” tamoyilidagi uzluksiz ta’lim zanjirini joriy etish maqsadida talabalarga moliyaviy savodxonlikni o‘rganish bo‘yicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi doirasida bosqichma-bosqich tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan darslarini kiritish choralari ko‘riladi.                                                                                                                                                                                                                        Manba

Ulashish: