Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

“Yaxshi muallim-sifatli taʼlim” tanlovining gʻoliblari taqdirlandi

Xorazm viloyati malaka oshirish hududiy markazi hamkorligida oʻtkazilgan “Yaxshi muallim-sifatli ta’lim” tanlovida faxrli 1-oʻrinni egallagan  Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 4-maktabning boshlang`ich  sinf oʻqituvchisi Fayziyeva Gulnoza Inomovna qimmatbaho sovgʻa (Kuller), diplom va esdalik sovgʻalar (Fargo pochtasi orqali yetkazildi) bilan taqdirlandi.

 

Tanlovda faxrli 2-oʻrinni egallagan Buxoro viloyati Vobkent tuman 3-son umumta’lim maktabining oliy toifali tarix fani oʻqituvchisi Roziqov Olim Obidvich “Cho’ntak proyektori”, diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi


Tanlovda faxrli 3-oʻrinni egallagan Xorazm viloyati Xiva shahri Ogohiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali matematika fani oʻqituvchisi Polvonova Yulduzxon Saparboyevna “Kitoblar toʻplami”, diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi

 

 

     

   

Tanlovda faol qatnashgan boshqa barcha ishtirokchilarga elekrton tarzda sertifikatlar yetkazildi.

Tanlovlarimizda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilarga Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati  bilan 8-dekabr kuni  o'tkaziladigan "Huquq bilimdonlari " tanlovida ishtirok etishlari mumkin

Tanlov haqida batafsil 
Ulashish: