Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

“Huquq bilimdonlari” tanlovining gʻoliblari aniqlandi

Xorazm viloyati malaka oshirish hududiy markazi bilan hamkorligida tashkil etilgan "Huquq bilimdonlari" tanlovining faxrli 1-3 oʻrinlar uchun bir xil natija qayd etgan gʻoliblikka  da’vogar ishtirokchilar bilan 14-dekabr kuni soat 16-00da zoom platformasi orqali hal qiluvchi savol-javobli suhbat oʻtkazildi.

Bunda 1-oʻringa da’vogar ishtirokchilardan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nosirova Gulruh Shavkatovna va ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zulfiya Radjapova Muratovnalar oʻzaro berlashishdi.Zoom orqali toʻgʻridan-toʻgʻri,ochiq savol javob oʻtkazilishi natijasida Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman 2- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nosirova Gulruh Shavkatovna faxrli 1-oʻringa munosib deb topildi.

2-oʻrin uchun Doʻstnazarov Rustam Koʻcharovich va  Jumaboyev Dilshod Maxmud oʻgʻli  oʻzaro berlashishi natijasida Surxondaryo viloyati Uzun tumani  20-maktabning huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Doʻstnazarov Rustam Koʻcharovich gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

2-oʻringa da’vogar boʻlgan Qurbonova Muattar Muhammadqulovna ,Rajapova Mexribon Yuldashevnalar zoom platformasiga oʻz vaqtida kirmaganliklari sababli gʻoliblikdan chetlatildi.Bu ishtirokchilarga faqat tanlovda faol qatnashib yuqori ball toʻplagani uchun Faxriy yorliq va administrator tomonidan saytdagi balansiga 50ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻi toʻlov qilib beriladi.

3-oʻringa Xorazm viloyati Yangiariq tuman18-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Yusupova Ozoda Otaboyevna munosib deb topildi.

Zoom platformasida savol-javobli suhbat jarayoni ochiq ,oshkora va shaffof oʻtkazildi.Bu jarayonni boshqa ishtirokchilar ham qizgʻin kuzatib borishdi.

Tanlov gʻoliblarini yana bir bor tabriklagan holda ularga tez kunlarda diplom, qimmatbaho sovgʻalar tezkor pochta xizmati orqali oʻzlariga tegishli manzillar yetkaziladi.

Tanlovda ishtirok etib 70 va undan yuqori ball toʻplagan barcha  ishtirokchilarga sertifikatlar elektron tarzda tarqatiladi.

Ulashish: