Muallima.uz

Muallima.uz

TELEGRAM

Rasmiy kanal

Yangi darsliklarning o‘ziga xosligi nimada?

1.Bugun Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklarining o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK) asosini 4K tamoyili tashkil etadi:

Kritik (tanqidiy) fikrlash;

Kollaboratsiya (jamoaviy ishlash);

Kreativlik (ijodkorlik);

Kommunikatsiya (muloqot ko‘nikmalari).

 2.Ushbu darsliklar quruq ma’lumotlarni yodlatish, yoki shunchaki o‘qish/yozishni o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Ular orqali o‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki 21-asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi.

 3.Shuningdek, darsliklar bolalarga o‘yin orqali ta’lim berishga ham moslashgan. Ya’ni bolalar psixologiyasi hisobga olingan. O‘quv-metodik komplekslar Android, iOS platformalarida ongni o‘stiradigan o‘yinlar to‘plamiga ega.

 

4.Darslikdagi ma’lumotlar rang-barang rasmlar, grafikalar, sodda matnlar orqali berilgan. U o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaydi, aksincha yanada qiziqtiradi.

 5.  1-.3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan  foydalangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi bolalar zamonaviy texnologiyalarni bizdan yaxshiroq tushunadi. Shu sababli gadjetlar orqali ta’lim olish ularni yanada fanga qiziqtiradi;

 6.Estudy elektron ta’lim platformasi ishlab chiqilgan. U turli fanlardan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun 300 dan ziyod ongni oshiradigan o‘yinli vazifalarni o‘z ichiga oladi. Platformadan darsda ham, bo‘sh vaqtda uyda ham foydalanish mumkin.

 7.Darsliklarni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) talablari to‘liq inobatga olingan. Finlyandiyadagi nufuzli ta’lim kompaniyasi ekspertlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan va sertifikat olingan.

 

Ulashish: